25-sentabr Xalqaro farmatsevtlar kuni munosabati bilan barcha professor-o’qituvchilarimizni, talabalarimizni hamda yurtimizdagi barcha farmatsevtlarni kasb bayrami bilan tabriklaymiz

25.09.2020, 12:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2145

2009yilda Turkiyaning Istanbul shahrida Xalqaro farmatsevtika federatsiyasi (FIP) Kengashi tomonidan 25sentabr – Butunjahon farmatsevtlar kuni deya tasdiqlandi.

Xalqaro farmatsevtika federatsiyasi farmatsevtlarni ushbu kunda butun dunyo bo‘ylab farmatsevtning insonlar sog‘lig‘ini yaxshilashdagi rolini targ‘ib qiluvchi tadbirlarni o‘tkazishga undaydi.

“Bu yil biz o‘ninchi Butunjahon farmatsevtlar kunini nishonlamoqdamiz. Biz farmatsevtlar dunyo tinchligiga qanday hissa qo‘shayotganini ko‘rsatishga intilamiz. damlarning xavfsiz, samarali, sifatli va arzon dori vositalari va tibbiy texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, farmasevtika xizmatlaridan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratish shular jumlasidandir”, deydi Xalqaro farmatsevtika federatsiyasi prezidenti Dominik Jordan.

Butunjahon farmatsevtlar kunining mavzusi – sog‘liqni saqlash tizimidagi xizmat qilayotgan farmatsevtlarning odamlar sog‘lig‘ini yaxshilash yo‘lidagi zahmatli mehnatlari, shu jumladan sog‘lom turmush tarzi, kasalliklarning oldini olish uchun emlash va kasalliklarni samarali nazorat qilish bo‘yicha tavsiyalari, va shular orqali hayot sifatini yaxshilashlari to‘g‘risida aytishning bir imkonidir. Shu kuni, shuningdek, ushbu sohada xizmat qilayotgan olimlar sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘zgarishlarga qanday hissa qo‘shayotgani, xavfsiz va samarali dori vositalari va vaksinalarni ishlab chiqish orqali odamlar hayotini uzaytirishi haqida gapiriladi.

Ta’lim jarayonida farmatsevtika bo‘yicha o‘qituvchilar jamiyatimizning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun malakali farmasevtlar va olimlarni tayyorlash orqali yuksak natijalarga erishayotganlari aytiladi.

Bugungi Xalqaro farmatsevtlar kuni munosabati bilan institut rahbariyati nomidan barcha professor-o’qituvchilarimizni, talabalarimizni hamda yurtimizdagi barcha farmatsevtlarni kasb bayrami bilan tabriklaymiz. Ishlaringizda omad tilaymiz.

Institut matbuot xizmati