“Moodle” tizimi bo’yicha tajriba almashish

21.09.2020, 13:40 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2022

Toshkent farmatsevtika institutining bir guruh rahbar xodimlari ya’ni Farmatsiya fakulteti dekani U.X.Usmanov, Sanoat-farmatsiyasi fakulteti dekani Z.U.Mamatqulov, o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i N.A.Abzalova, magistratura bo‘limi boshlig‘i F.A.Umarova, o’qitishning texnik vositalari bo’limi boshligi F.E.Qarshiboev 2020-yil 18-19 sentabr kunlari Samarqand Davlat tibbiyot institutiga tajriba almashinuvi doirasida tashrifni amalga oshirdilar. Tashrif jarayonida Moodle tizimida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha axborot texnologiyalari markazining faoliyati o‘rganildi. Shuningdek online tizimda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, kredit modul tizimida ta’lim berish tajribasi, talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish qolaversa bo‘lim va dekanatlardagi ish yuritish metodikasi bo‘yicha ham tajriba almashinildi. Tashrifning so’nggi kunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xamkorlik  shartnomasini  tasdiqlashga  kelishildi.

            

Institut matbuot xizmati