Haftalik ishlarning sarhisobiga bag’ishlab yig’lish o’tkazildi
2020-yil 14-sentabr kuni institut katta faollar zalida rektorat qatnashchilari ishtirokida navbatdagi yig’lish o’tkazildi. Yig’lishni institut rektori K.S.Rizaev kirish so‘z bilan ochib, F.A.Umarova magistratura bo’limi boshlig’i etib tayinlanganini ma’lum qildi va kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.
Yig’lishda ilk masala yuzasidan Sanoat-farmatsiyasi fakulteti dekani Z.U.Mamaqtqulov so’zga chiqdi. Z. Mamatqulov talabalarni Moodle tizimidagi online darslarni qay darajada o’zlashtirib borayotgani haqida xisobot berib, mavzuga oid o’zining ko’plab takliflarni bildirdi. Taklif, fikr va mulohazalar institut rahbariyati tomonidan muhokama qilindi va mas’ullarga tegishli vazifalar berildi.
Texnik foydalanish va xo’jalik bo’limi boshlig’ O.Abliyazov ham institut rahbariyati tomonidan berilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan ma’lumot berdi.
Yig’lish so’ngida Ichki nazorat va monitoring bo’limi boshlig’ K.Cho’lponov institutga yuqori tashkilotlardan taqdim etilgan xujjatlarning ijrosi yuzasidan tahliliy ma’lumotlar berib o’tdi.
Institut matbuot xizmati