2020-2021 o’quv yili uchun jamoatchilik kengashi o’z faoliyatini boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Toshkent farmatsevtika institutida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, institutda jamoatchilik kengashi tashkil etilgan bo’lib, yangi o’quv yili uchun institut professor-o‘qituvchilari tarkibiga ishga qabul qilish bo‘yicha monitoring ishlari olib borilmoqda. Unga ko‘ra yangi qabul qilinayotgan professor-o‘qituvchilar ochiq dars o‘tib berishmoqda va ishchi guruhi tomonidan ularning dars o‘tish mahorati baholanib borilmoqda. Mazkur kengash 2020-yil 4-sentyabrdan o’z ishini boshladi.
Institut matbuot xizmati