Institut talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” mavzusidagi “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi bo‘yicha tanlovda 2-o‘rinni Farmatsiya fakulteti Kasbiy ta’lim yo‘nalishi 2 -bosqich 203 A guruh talabasi Jumaeva Barchinoy Muhiddinovna qo‘lga kiritdi

06.07.2020, 19:46 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1430

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yilning 20-iyun kunidagi “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz” va “Odam savdosi – davr muammosi” mavzularida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi maqola” nominatsiyalari bo‘yicha masofaviy respublika onlayn tanlovlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 330-sonli buyrug‘ining hamda institut rektorining 2020-yilning 26-iyun kunidagi 403-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida institut talabalari o‘rtasida “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” , “Biz  korrupsiyaga   qarshimiz”  va “Odam  savdosi  –  davr   muammosi”  mavzularida  “Eng  yaxshi maqola” nominatsiyalari bo‘yicha masofaviy onlayn tanlovlari o‘tkazildi. Tanlov Nizom shartlari asosida tashkil etildi va hakamlar xay’ati tomonidan talabalarning ijodiy ishlari baholandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” mavzusidagi “Eng  yaxshi maqola” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni Farmatsiya fakulteti Kasbiy ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 203 A guruh talabasi Jumaeva Barchinoy Muhiddinovna qo‘lga kiritdi. Institut rektori tomonidan Jumaeva Barchinoy Muhiddinovna moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi. Tanlov g‘olibini institut rahbariyati chin dildan muborakbod etadi. Ijodiy izlanishlari davomli bo‘lsin. Ilm olish ishtiyoqi hech qachon so‘nmasin.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i N.X.Ashurova