2020- yil 22 -may kuni “Ijtimoiy fanlar” kafedrasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

23.05.2020, 01:13 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1587

Yig‘ilishda kun tartibidagi muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Kafedra mudiri dosent K.K.Ismailov kafedra professor-o‘qituvchilarni ezgulik, sahovat va muruvvat oyi bo‘lgan muborak Ramazon oyi, 24-may Ramazon hayiti bayrami bilan samimiy tabrikladi. Bu yil mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli Ramazon hayiti bayramini uyda, oila davrasida, o‘zaro ahillik va hamjihatlik muhitida munosib o‘tkazishni, karantin qoidalariga amal qilish zarurligi haqida alohida  ta’kidlab o‘tildi.

2020-yil 21-may kuni bo‘lib o‘tgan institut ilmiy kengashida ko‘rilgan masalalar, kafedra yig‘ilishida muhokama qilindi. Bular:

1. MOODLE LMS platformasida yaratilgan elektron kurslardagi kamchiliklarni  fan o‘qituvchilari qisqa vaqtda isloh qilishlari, masofaviy kurslarda faol bo‘lishi aytib o‘tildi. 

2. Yakuniy nazoratlarni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi. 

3. Institut attestasiyasiga tayyorgarlik bo‘yicha kafedradagi mas’ullarga vazifalar yuklatildi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova