Arab xurmosining foydali xususiyatlari haqida Muattar Xodjayevaning foydali tavsiyalari
Аrab xurmosi mineral va vitaminlarga boy mevadir. Uning tarkibida mavjud boʼlgan, organizmga kerakli 23ta aminokislota boshqa mevalarda uchramaydi. Аrab xurmosini doimiy ravishda, kuniga kamida 3-4 dona yeb turilsa, koʼp kasalliklarga davo boʼlishi isbotlangan.
Bu mevadan kuniga 3-4 ta yeyish tanangizni yoshartiradi. Bu meva ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, yurakda qon aylanishini meʼyorga keltiradi. Xolesterinni kamaytiradi. Аrab xurmosi ishtahani pasaytiradi. Oq shakar oʼrnini bosadi, ozishda yordam beradi. U temirga boy, 100 gramida odam organizmidagi temirning bir sutkalik meʼyorining 11 foizini saqlaydi.Bu haqida yanada ko’proq ma’lumotlar olishni istasangiz bugun 2020- yil 5- may kuni soat 22:30 da “O’zbekiston” telekanalida, “Axborot” dasturidan so’ng Toshkent farmatsevtika instituti farmokognoziya kafedrasi dotsenti Muattarxon Xodjayevaning ma’lumotlari va foydali tavsiyalarini tinglang.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova