Toshkent farmatsevtika institutida masofaviy ta’lim platformasi ishga tushirildi

01.04.2020, 12:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar 10830

Toshkent farmatsevtika institutining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan Moodle LMS elektron ta’lim tizimi (http://moodle.pharmi.uz/moodle/), institutning telegram kanali (https://t.me/pharmi_uz), institut fakultetlarining telegram kanallari, institutning ijtimoiy tarmoqlardagi (http://facebook.com/TFI1937, http://twitter.com/TFI1937, http://instagram.com/TFI1937) sahifalari va elektron kutubxona (http://moodle.pharmi.uz/library/) bazasidagi o‘quv materiallari orqali ta’lim jarayoni masofaviy shaklda davom ettirilmoqda.

Ayni damda institutdagi 5 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda  5 ta  magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami  81 ta fandan talabalarga masofaviy shaklda ta’lim olish uchun sharoit yaratilgan.

Bundan tashqari institutda faoliyat yuritayotgan 18 ta kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar doirasida o‘quv adabiyotlari, o‘quv-uslubiy majmualar, mustaqil ta’lim topshiriqlari, mavzular bo‘yicha taqdimotlar, masalalar to‘plami, keys stadi, testlar, nazorat savollari va boshqa o‘quv materiallari Moodle LMS elektron ta’lim tizimiga (http://moodle.pharmi.uz/moodle/) joylashtirilib yangilanib borilmoqda.

Professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha tegishli mavzulardan videodarslar tayyorlanib, tizimga joylashtirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Tayyorlangan videodarslar institutning YouTube va telegram kanallaridagi (https://t.me/pharmi_online) onlayn videodarslar sahifasiga joylashtirilmoqda.

Professor-o‘qituvchilar talabalar bilan turli masofaviy ko‘rinishlarda, jumladan Moodle LMS elektron ta’lim tizimi, telegramm kanallari va boshqa tizimlar orqali muloqotga kirishib, tegishli mavzular bo‘yicha talabalarga on-line tarzda maslahatlar berib bormoqdalar.

2019-2020 o‘quv yilining bahorgi semestrida talabalar bilimini onlayn test (http://etest.pharmi.uz:1010/) axborot tizimi orqali baholash bo‘yicha barcha fanlardan testlar bazasi shakllantirilib, talabalarning fanlar doirasida o‘zlashtirish darajalari mazkur tizim orqali baholanishi tashkil qilinmoqda.

Axborot texnologiyalari markazi