I.Sh. Kucharovaning “Biologik kimyo” fanidan “Gemproteidlar va nukleoproteidlar sintezi, parchalanishi. Gormonlar va gormonsimon moddalar haqida tushuncha. Gormonlarning ta`sir etish mexanizmi” mavzusi bo‘yicha ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

26.02.2020, 17:03 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1744

Organik va biologik kimyo kafedrasi katta o`qituvchisi I.Sh. Kucharovaning  2020-yil 25 – fevral soat 1200 da 103 – auditoriyada farmatsiya fakulteti kasbiy ta`lim yunalishi 3-bosqich (301A, 301В, 302A) talabalari uchun “Biologik kimyo” fanidan “Gemproteidlar va nukleoproteidlar sintezi, parchalanishi. Gormonlar va gormonsimon moddalar haqida tushuncha. Gormonlarning ta`sir etish mexanizmi” mavzusi bo‘yicha ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzada I.Sh. Kucharova talabalarga eritrositlarning asosiy tarkibini tashkil etuvchi gemproteidlarning va nukleoptoteidlarning biosintezi va ularning parchalanishi haqida ma`lumotlar berdi. Markaziy va periferik bez gormonlari va gormonsimon moddalar haqida tushunchalar talabalar diqqatiga havola etildi. Qon tarkibida mavjud turli gormonlarning nishon hujayralar yordamida bog`lanishi va ularning ta`sir etish mexanizmlari haqidagi qiziqarli ma`lumotlar bilan tanishdilar. Ma`ruzada talabalar mavzu bo‘yicha videoroliklar va pedagogik texnologiya  usullaridan foydalanildi.

      

Organik va biologik kimyo kafedrasi