E’lon! “Аntibakterial va plazma o’rnini bosuvchi infusion preparatlarni ishlab chiqarish sifatini ta’minlashda metodologik yondashuvni takomillashtirish ” mavzusida ilmiy seminar bo’lib o’tadi.
2020-yil 17-Fevral kuni soat 1300dа Тоshkent farmatsevtika instituti Farmatsevtik kimyo kafedrasi doktoranti Ganiyeva Hilola Gayratovnaning 15.00.02.-farmatsevtik kimyo va farmakognoziya ixtisosligi bo’yicha farmatsevtika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Antibakterial va plazma o’rnini bosuvchi infusion preparatlarni ishlab chiqarish sifatini ta’minlashda metodologik yondashuvni takomillashtirish” mavzusidagi dissertasiya ishini muhokamasi DSC.27.06.2017.FAR.32.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarga barchangizni taklif etamiz.
Farmatsevtik kimyo kafedrasi
Farmatsevtika kimyosi kafedra mudiri X.Q. Olimov