DVST kafedrasi dotsenti Z.H.Zufarova tomonidan “Farmatsevtik eritmalar uchun pharmakopeya maqolasini tuzish” mavzusida ochiq laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi.
Sanoat farmatsiyasi fakulteti Sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 4-bosqich 403-А guruh talabalariga 2020-yil 3-fevral kuni soat 0830da “Dori vositalarining sanoat texnologiyasi” kafedrasi dotsenti Z.H.Zufarovaning 107-auditoriyada “Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish” fanidan “Farmatsevtik eritmalar uchun pharmakopeya maqolasini tuzish” mavzusidagi ochiq laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi. Ochiq mashg‘ulot aqliy hujum, “SWOT – tahlil” va “Assesment” pedagogik texnologiya usullaridan foydalanilgan holda o‘tkazildi. Darsda axborot kommunikatsion texnologiyalar va videoroliklardan foydalanildi. Ushbu mavzu bo‘yicha qiziqarli munozaralar va savol-javoblar bo‘ldi.
DVST kafedrasi
Institut matbuot kotibi N.L. Usmanova