O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va’killari bilan uchrashuv tashkil etildi

27.01.2020, 17:05 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1816

2020-yil 27-yanvar kuni Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirga axborot tahlil boshqarmasi boshlig’i Muhabbat Ibragimova, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining fan va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig’ Do’stmatov Aziz,O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Nozim Berdiyev, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bosh mutaxassisi Sharofiddin Mirhayitov va mazkur tashkilotning  matbuot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatova  tashrif buyurdilar. Tashrif jarayonida  “Farmatsevtika tarmog’ining zamonaviy holati” mavzusi yuzasidan talabalarga ko’plab qiziqarli ma’lumotlar va tavsiyalarni berdilar. Yig’lish so’ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat etib tegishli javoblarni oldilar.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova