Farmasevtik kimyo kafedrasida “Vatan- ulug’ burchim muqaddas ” mavzusida tadbir o’tqazildi.
2020-yil 11-yanvar kuni institut katta faollar zalida Farmasevtik kimyo kafedrasi tomonidan “Vatan- ulug’ burchim muqaddas ” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda, IIB Akademiyasi xodimlari,podpolkovnik M.X.Djamatov va leytenant R.F.Xudoyberdiyevlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan ma’lumotlar berdilar: Ya’ni, yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. Institut jamoasi nomidan barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog’liq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to’liq bo’lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo’lishi uchun har doimgidek o’z kuch-g’ayratingizni ayamang!
Farmatevtik kimyo kaftdrasi