Vatan himoyasi sharafli burchdir
Toshkent farmatsevtika instituti va Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar tashabbusi bilan Toshkent shaharidagi “Inoqobod” mahallasida isteqomat qiluvchi Afg‘onistonda xizmat qilgan harbiy Vitaliy Filipov va Chernobil, atom stansiyasini ta’mirlashda o‘z sog‘ligini yo‘qotgan harbiy Aleksey Fyodorovich Jdanovlarni 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuni munosabati bilan tabrikladilar. Ularga esdalik sovg‘alarini taqdim etdilar.
Tadbirda MFY raisi Gulnoro Xalimboevna Sayfutdinova, kotiba Nodira Azimova va profilaktika inspektori leytenant Faxriddin O‘taevlar ham qatnashdilar. Shuningdek “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Qarshiboev ham harbiylarimizga o‘z tabrigini izhor qildi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova