Ziravor  o’simliklar, ularning foydali xususiyatlari haqida  M.Xodjaeva batafsil ma’lumot berdi

09.01.2020, 13:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2838

Tabiblarning fikriga ko‘ra eng yaxshi shifoni o‘z o‘lkangizda o‘sgan o‘t-giyohlardan topish mumkin ekan. Xalqimizda ham turli giyoh va ziravorlardan foydalanish odat bo‘lgan. Taomlarimizni ularsiz tasavvur qilish ham mushkul. Yurtimizda ishlatiladigan aksariyat ziravorlar va ularning foydali jihatlari barchaga ham ma’lum emas. Ziravor o’simliklar, ularning foydali xususiyatlari, xarid qilish jarayonida qay jihatlariga e’tibor qilish lozim?

 Bular haqida batafsil ma’lumotni Toshkent farmatsevtika institutining farmokognoziya kafedrasi dotsenti Xodjaeva Muattar Asadullayevaning “Mahalla”telekanali “Istemolchi” ko’rsatuvi orqali bilib olishingiz mumkin. O‘ylaymizki, ziravorlar haqida keltirib o‘tilgan ma’lumotlar barchangizga birdek foydali bo‘ladi.

      

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova