Mehr-muruvvat azaliy qadriyat
Mehr-muruvvat hamma zamonlarda ulug‘langan. Inson ko‘p narsadan to‘yishi mumkin, faqat mehrdan va go‘zallikdan emas. Ayniqsa, mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilariga mehr ulashish savob amallarning eng afzallaridan biri hisoblanadi.
Toshkent farmasevtika instituti talaba yoshlari tashabbusi bilan “Sen yolg’iz emassan” xayriya jamg’armasi”tashkil etildi. Mazkur jamg’arma a’zolari hamda yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilotining institut yetakchisi F.Namozov, institut tarbiyachi pedagogi N.Yusupovalar 2019-yil 16-dekabr kuni 30 – sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida institut talabalari tomonidan bolajonlarimizning eng sevimli bayrami, yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami munosabati bilan qorbobo va qorqiz ishtirokida turli chiqishlar namoyish etib, tarbiyalanuvchilarga yangi yil sovg’alarini taqdim etdilar.
Bunday xayriya ishlaridan asosiy maqsad xalqimizga xos, ota-bobolarimizdan me’ros bo’lib kelayotgan urf-odatlarimiz, ya’ni sahovatpeshalik qilish, jamiyatimizda yashayotgan imkoniyati cheklanganlar xolidan xabar olish, ularni o’ksik qalbini ko’tarish,savobli ishlarga chin dildan ko’maklashish va yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg’ularini yanada yuksaltirishdir.
Ushbu xayriya tashkiliy ishlariga Toshkent farmasevtika institutining 200 nafardan ortiq talabalari o’z xissalarini qo’shdilar.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova