DVST kafedrasi dotsentlari Raximova O.R. va Zufarova Z.X. tomonidan Sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 4-bosqich 401 va 403 guruh talabalari bilan birgalikda “SIRDARYO GLASS” MChJ ga tashrif buyurdilar.

12.12.2019, 17:15 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1937

Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil etilgan mazkur korxonada farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati uchun shisha idishlar ishlab chiqariladi. Talabalar farmatsevtika sanoatida qo‘llaniladigan shisha flakonlar ishlab chiqarilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu korxona tomonidan yurtimizdagi barcha farmatsevtika korxonalariga shisha idishlar yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘lindi. Korxonada farmatsevtika maqsadlari uchun shisha ishlab chiqariladi va ishlab chiqarishni tashkil qilishda Germaniya, Chexiya va Fransiyada ishlab chiqarilgan eng zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilgan. Ular asosida mahalliy xom ashyodan har xil turdagi shisha idishlar tayyorlanmoqda. Tashrif natijasida talabalar shisha idishlar ishlab chiqarish texnologik jarayonini, tayyorlanayotgan mahsulotlar namunalarini o‘rganishdi.