Toshkent farmatsevtika instituti va Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti hamkorligida qo’shma ta’lim dasturi bo’limi

Amridinova Dilrabo Tursunovna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Falsafa fanlari nomzodi, Dotsent

Lavozimi:

Bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti:

Har kuni 14:00-17:00

Tel.:

(+99891)550-35-33

Veb-sayt:

 

 Karimberdiev Mansur Ne’matullayevich

 Lavozimi: O’quv ishlari bo’yicha muovini

 Tug‘ilgan yili:

 Qabul vaqti: Har kuni 14 00-1700

 Telefon raqami: +99891 560 07 95

 E-mail: Mansur-Ne’matullaevich@bk.ru

Bo’lim haqida umumiy ma’lumot

Toshkent farmatsevtika instituti va Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti hamkorligida 2018-yil 15-hoyabrdagi 2-sonli buyrug‘iga asosan qo’shma ta’lim dasturi tashkil etildi. Sog’liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent farmatsevtika instituti va Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti bilan 2019-yil 27-iyuldagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligida qo’shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlash bo’ycha to’lov-kontrakt asosida qabul amalga oshirildi.

O‘quv ishlari

1.5510500 – Farmatsiya

5510500 – Farmatsiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 80 nafar talaba (80 nafari to‘lov-kontrakt.) tahsil olmoqda. 80 nafar talabadan 38 nafari o‘g‘il bolalar (38 nafari kontrakt), 42 nafarini qiz bolalar (42 nafari kontrakt) tashkil etadi. Ushbu talabalarning 80 nafari rus guruhlarida tahsil olmoqda.

Ushbu qo’shma ta’lim asosida ta’lim olayotgan talabalarga kafedralarda 2 professor, 6 dotsent, 12 ta katta o‘qituvchi, jami 39 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.

Bugungi kunda bo’lim Rossiya Federatsiyasi hamda Toshkendagi oliy ta’lim muassasalari va nuvuzli tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Bundan tashqari institut professor-o‘qituvchilari Respublika va xorijda malaka oshirib kelmoqdalar.

Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni va «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda talaba va o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasini muntazam oshirib borish, ularning o‘qishdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash maqsadida bo’limda qator ma’naviy va ma’rifiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar bilan doimiy tanishtirilib borilmoqda. Yoshlarning bepul madaniy dam olishlariga qaratilgan tadbirlar, teatr tomoshalari, sport musobaqalari muntazam tashkil etilib kelinmoqda. Talaba va o‘quvchilar turizmini rivojlantirish, yosh avlodni mamlakatimizning tarixiy joylariga va buyuk ajdodlarimizning muqaddas ziyoratgohlariga doimiy tashriflari reja asosida uyushtirilib kelinmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan «Axborot va murabbiylik soatlari»ni metodik ta’minlanib, turli mavzularda multimedia mahsulotlari tarqatilib borilmoqda.

Professor-o‘qituvchilar, talaba va o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini muntazam yo‘lga qo‘yilgan.

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida quyidagi to‘garaklarga jalb qilingan:

  • “Intellektual yoshlar” zakovat klubi;
  • “Yosh notiqlar” klubi;
  •  “Lingvist” iqtidorli yoshlar to‘garagi;
  • “Yosh musavvirlar” talabalar ijodiy klubi;
  •  “Sog‘lom avlod” talabalar sport klubi;
  • “Yangi davr kompyuter texnologlari” to’garagi.

21.08.2020, 15:57   3775