“Koordinatsion birikmalar kimyosi” mavzusida integratsion ma’ruza o‘tkazildi
2019-yilning 9-dekabr kunida Farmatsiya fakulteti kasbiy ta’lim yo‘nalishining 1-bosqich talabalariga Noorganik kimyo fanidan Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasining dotsenti K.A.Cho‘lponov va Analitik kimyo kafedrasining dotsenti B.I.Muxamedova bilan hamkorlikda “Koordinatsion birikmalar kimyosi” mavzusida integratsion ma’ruza o‘tkazildi. Mazkur ma’ruzada Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimlari va Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi mudiri ishtirok etishdi.