M.V.LOMONSOV NOMIDAGI MOSKVA DAVLAT UNIVERSITETINING TOSHKENTDAGI FILIALIDA 2019-YIL 3-DEKABR KUNI “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI MUNOSABATI BILAN FAN, TA’LIM VA YOSHLARNING TARBIYASI” GA BAG’ISHLANGAN KONFERENSIYASIDA IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI PROF-O’QITUVCHILARI FAOL ISHTIROK ETIB QAYTISHDI

06.12.2019, 17:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2032

Ushbu konferensiyadan ko’zlangan asosiy maqsad, yoshlarni siyosiy, huquqiy savodxonligini oshirish, fan va texnika taraqqiyoti yangiliklari, ta’lim-tarbiyaning zamonaviy tendensiyalaridan havardor etish, talaba yoshlarda sog’lom raqobatni vujudga keltirish, ilmiy-tadqiqotchilik sifatlarini tarkib toptirish, professor-o’qituvchilar tajribasini o’zlashtirishdan iborat.

Konferensiya 1000 dan –  1830 gacha  davom etdi. Ushbu vaqt davomida plenar chiqishni M.V.Lomonsov nomidagi Moskva Davlat universitetining Toshkentdagi filiali kafedra mudiri i.f.n., dotsenti A.B.Mamanazarov Konferensiyani ochib berdilar va bugungi kunda yechimini kutayotgan muommolar yuzasidan munozaralar olib borildi.

Konferensiyaning 2-qismi 4ta sho’balarga bo’lindi, to’rtinchi sho’basida Ijtimoiy fanlar kafedrasi prof-o’qituvchilari  L.Sultonova, N. Salimsakova, G.Xoshimova, N.Saminova, D.Kamalova, A.Xosilovalar o’zlari tayyorlab kelgan mavzularini taqdim etishdi va faol qatnashib maxsus sertifikatlar bilan qaytishdi.

     

     

Ijtimoiy fanlar kafedrasi