DVST kafedrasi dotsenti O.R.Raximova tomonidan “Hujjatlar va ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish” mavzusida ochiq laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi.

06.12.2019, 11:13 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2065

Sanoat farmatsiyasi fakulteti sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 4-kurs 402-A guruh talabalariga 2019-yil 5-dekabr kuni soat 1200da “Dori vositalarining sanoat texnologiyasi” kafedrasi dotsenti O.R.Raximovaning 105-auditoriyada “Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish” fanidan “Hujjatlar va ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish” mavusidagi ochiq laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi. Ochiq mashg‘ulot aqliy hujum va “BBB” pedagogik texnologiya usullaridan foydalanilgan holda o‘tkazildi. Darsda axborot kommunikatsion texnologiyalar va videoroliklardan foydalanildi. Ushbu mavzu bo‘yicha qiziqarli munozaralar va savol-javoblar bo‘ldi.

     

Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi