Xitoy Xalq Respublikasi  Tyanszin  shahrida 2019-yil 29-30 noyabr kunlari tashkil etilgan “The First Summit Forum of  the Belt and Road Initiatives on Nephrology of  Integrated Medicine” Birinchi Sammit-forumi.

03.12.2019, 17:33 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2186

Xitoy Xalq Respublikasi  Tyanszin  shahrida 2019-yil 29-30 noyabr kunlari tashkil etilgan “The First Summit Forum of  the Belt and Road Initiatives on Nephrology of  Integrated Medicine” Birinchi Sammit-forumida  o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i N.A.Abzalova va ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i K.N.Nuridullaevalar og‘zaki ma’ruza bilan  ishtirok etdilar va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Mazkur Sammit-forum doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Nefrologiya bo‘yicha  integrativ  tibbiyotning  Tyanszin  uyushmasi  (Committee on Nephrology of  Tianjin Society of  Integrative  Medicine) tuzilmasiga kiritilgan oliy ta’lim muassasasi bilan halqaro hamkorlik rishtalarini o‘rnatish va rivojlantirish  maqsadida  Memorandum imzolandi. Hamkorlik doirasida  fan va ta’lim sohalaridagi tajriba almashinuvi, Xitoy an’anaviy tibbiyotini o‘rganish, Xitoy florasi va uning tibbiyotda qo‘llanilishi, akademik almashinuv jarayoni, ma’ruzalar, treninglar, yoshlar forumlari, videokonferensiyalar va h.k. o‘tkazilishi rejalashtirildi.