Analitik kimyo kafedrasi tashabbusi bilan Hamid Olimjon tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab adabiy-badiiy kecha tashkil qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 22-oktabrdagi 87-02-2689-sonli xati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus ijrosini ta’minlash va atoqli ijodkor va jamoat arbobi Hamid Olimjon tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab 2019 yil 28 noyabr kuni soat: 12-00 da Analitik kimyo kafedrasi mudiri M.Fatxullaeva va ushbu kafedra professor-o’qituvchilari tashabbusi bilan institut talabalar o‘rtasida “Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish”, “Hamid Olimjon ijodida yurt tarannumi” mavzularida adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nabijon Hoshimovning ishtiroki ta’minlandi va suhbat jarayonida talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, o‘zbek adabiyoti vakillari ijodidan bahramand etish, so‘z san’atining o‘ziga xos qirralari hamda atoqli ijodkor va jamoat arbobi Hamid Olimjon ijodi va hayoti xususida so‘z yuritildi. Tadbirda talabalar tadbir mexmoniga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar va o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbirda jami 100 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.
Analitik kimyo kafedrasi
Institut matbuot kotibi N.L.Usmonova