Institut talabalar turar joyi kengashi faoliyatini o‘rganish bo‘yicha monitoring ishlari olib borildi

16.11.2019, 18:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1816

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi islohatlarga muvofiq, ta’lim muassasalalarning talabalar turar joylari faoliyatini tartibga soluvchi  me’yoriy-huquqiy hujjatlarni zamon talablariga mos ravishda yangilash va yanada takomillashtirish maqsadida 2019-yil 16-noyabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti talabalar turar joyida faoliyat ko‘rsatayotgan Talabalar kengashi faoliyati yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i N.X.Ashurova tomonidan tekshirildi. Mazkur monitoring jarayonida nizom talablari asosida talabalar turar joyi faoliyatiga oid hujjatlarni shakllantirish va rasmiylashtirishga oid tavsiyalar berildi.

     

     

Nigora Ashurova yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i