“Yil talabasi – 2019” tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan 2019-yil yanvarda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 2-avgustdagi 702-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut talabalari o‘rtasida “Yil talabasi – 2019” tanlovi joriy etildi.
Tanlovning birinchi bosqichi fakultet akademik guruhlari talabalari o‘rtasida 2019-yil oktabr oyining birinchi o‘n kunligida, ikkinchi bosqichi fakultetlararo g‘oliblar o‘rtasida 2019-yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkazildi. Tanlov nizom talablariga muvofiq tarzda olib borildi. Mazkur tanlovning asosiy maqsadi: jamiyatga, davlatga yetuk yosh, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib berish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, oliy o‘quv yurtlardagi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning o‘z salohiyatlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, jamoatchilik fidoyilik fazilatlarini shakllantirish, talabalik nufuzini oshirish hamda rag‘batlantirishdan iborat.
Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan fanlarni o‘zlashtirish natijalari, jamoatchilik ishlari va erishilgan yutuqlar aks etgan hujjatlari, talabalarning ilmiy va ijodiy ishlarini qabul qilish va o‘rganish asnosida tahlil etildi. Tanlovning ikkinchi bosqichida eng sara talabalarning ishlarii, hujjatlari Hakamlar hay’ati tomonidan tekshirildi va quyidagi talabalar g‘olib deb topildi.
O‘rin tartibi |
Talabalar F.I.Sh. | Ta’lim yo‘nalishi |
“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”
|
||
1-o‘rin | Uzoqboev Shaxzod
Ne’mat o‘g‘li |
Farmatsiya fakulteti 4 kurs 401 A guruh talabasi |
2-o‘rin | Nuriddinov Badriddin Fazliddin o‘g‘li | Sanoat farmatsiyasi fakulteti 2 kurs 202 A guruh talabasi |
3-o‘rin | Xabibullaeva Nargizaxon Xamidullo qizi | Farmatsiya fakulteti kasbiy ta’lim yo‘nalishi 3 kurs 302 A guruh talabasi |
“Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi” | ||
1-o‘rin | Mansurov Azamat Xamidullo o‘g‘li | Farmatsiya fakulteti 3 kurs 306 B guruh talabasi |
2-o‘rin | Xudoyberdiev Abdug‘affor Hazrat o‘g‘li | Farmatsiya fakulteti 2 kurs 301 B guruh talabasi |
3-o‘rin | Abduraimova Arofat Uchqunovna | Sanoat farmatsiyasi fakulteti Biotexnologiya yo‘nalishi 4 kurs talabasi |
“Yilning eng faol ixtirochi – innovator talabasi” | ||
1-o‘rin | Xolboeva Madina
O‘rol qizi |
Farmatsiya fakulteti 3 kurs 306 B guruh talabasi |
2-o‘rin | Ramazonova Shaxzoda Shoyim qizi | Farmatsiya fakulteti 4 kurs 401 B guruh talabasi |
3-o‘rin | Abduxoliqova Nargiza O‘ktamovna | Magistratura talabasi |
“Yilning eng faol sportchi talabasi” | ||
1-o‘rin | Sultonova Oydin
Marat qizi |
Farmatsiya fakulteti 2 kurs 208 A guruh talabasi |
2-o‘rin | Axmatova Gulhayo
Qarshiboy qizi
|
Sanoat farmatsiyasi fakulteti Biotexnologiya yo‘nalishi 4 kurs 401 A guruh talabasi |
3-o‘rin | Norqulova Madina
Shuhrat qizi
|
Sanoat farmatsiya fakulteti 3 kurs 305 A guruh talabasi |
“Yilning eng faol ijodkor talabalari” | ||
1-o‘rin | Asanova Dildora
Ilxomboy qizi |
Farmatsiya fakulteti 3 kurs 303 A guruh talabasi
|
2-o‘rin | Sultonov Fozilxon Mo‘minjon o‘g‘li | Sanoat farmatsiyasi fakulteti 3 kurs 307 A guruh talabasi |
3-o‘rin | Komilov Jahongir Faxriddin o‘g‘li | Sanoat farmatsiyasi fakulteti 2 kurs 204 A guruh talabasi |
“Yilning eng namunali tadbirkor talabasi” | ||
1-o‘rin | Otajonova Marhabo
Otabek qizi |
Farmatsiya fakulteti 3 kurs 303 A guruh talabasi |
2-o‘rin | Qodirova Laylo Nuriddinovna | Sanoat farmatsiyasi fakulteti 2 kurs 209 B guruh talabasi |
3-o‘rin | Shomurodov Davronbek Kamol o‘g‘li |
Farmatsiya fakulteti 5 kurs 509 A guruh talabasi |
Tanlov g‘oliblarini mubarakbod etamiz. Bu kabi yutuqlar bardavom etishiga tilakdoshmiz.