Misr Arab Respublikasining “Wadi El Neel Benta” tashkiloti bilan hamkorlik memorandum imzolandi

16.11.2019, 16:01 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1831

2019-yil 15-16-noyabr kunlari Toshkent farmatsevtika institutida bo’lib o’tgan xalqaro “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” nomli ilmiy- amaliy anjumanning ikkinchi kunida Misr Arab Respublikasidan kelgan qatnashchilar bilan o’zaro hamkorlik memorandum imzolandi. Unga ko’ra  Misr Arab Respublikasining farmatsevtika sohasi bo’yicha hamda farmatsevtika institutlari o’rtasida professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi, O’zbekistonda  sifatli va arzon dori vositalarini  ishlab chiqishni yanada takomillashtirirsh maqsadida O’zbekistonda Misr Arab Respublikasining “Wadi El Neel Benta” tashkiloti bilan hamkorlikda  zavod tashkil etish borasida va yana boshqa ko’plab masalalar yuzasidan kelishildi.

Mazkur anjumanda Misr Arab Respublikasidan quyidagi mehmonlar tashrif buyurdi:

  • “Wadi El Neel Benta” tashkiloti bosh direktori Muhammad Ibrahim Ibrahim Dabur
  • “Wadi El Neel Benta” tashkiloti direktor o’rinbosari Naim Muhammad Ahmad Elsabbah
  • “Wadi El Neel Benta” tashkiloti mutaxassisi Ali Magdi Ali Rashad Abdelkavi
  • Misr Arab Respublikasining Toshkentdagi birinchi elchisi Khaled Mohammed Fekry.

                                

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova