“Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” Respublika ilmiy-amaliy (Xalqaro olimlar ishtirokida) anjuman bo’lib o’tdi

15.11.2019, 15:56 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2800

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil 5-noyabrdagi 8n-4/375-sonli xatiga muvofiq 2019 yil 15- noyabr kuni Toshkent farmatsevtika institutida  “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” nomli xalqaro Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

 Mazkur “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” Respublika ilmiy-amaliy (Xalqaro olimlar ishtirokida) anjumanining ochilish marosimi 2019-yil 15-noyabr kuni Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida soat 09:30 da bo‘lib o‘tdi. Anjuman qatnashchilari 08:30 dan 09:30 ga qadar ro‘yhatdan o‘tdilar. Anjumanga Turli davlatning soha mutaxassislari hamda professorlari jalb etilgan bo‘lib,  unda ular o‘zlariga biriktirilgan seksiyalarda mavzu yuzasidan ma’ruzalarini taqdim etdilar. Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash  Vazirining birinchi o‘rinbosari B.Q.YUsupaliev, Toshkent farmatsevtika instituti rektori professor I.I.Alimdjanov va tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan ochib berildi. Konferensiya davomida Seul milliy universiteti bilan Toshkent farmatsevtika instituti o‘rtasida o‘zaro memorandum tasdiqlandi. SHuningdek Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti va Toshkent farmatsevtika instituti o‘rtasida qo‘shma magistratura yo‘nalishini tashkil etish to‘g‘risida kelishuv ham imzolanib kuchga kirdi.

SHu bilan bir qatorda mazkur konferensiyada akademik almashinuv, o‘zaro hamkorlik va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishlar hususida tashrif buyurgan mehmonlar o‘zlarini ma’ruzalarida bayon qildilar va fikr alamshinuvi bo‘ldi. Konferensiya 7-seksiyaga ajratilgan bo‘lib har bir seksiyaga mas’ullar biriktirilgan bo‘lib, seksiya a’zolariga berilgan mavzular yuzasidan ma’ruzalar va muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Mazkur muhokamalar bo‘yicha seminar yakunida xulosa qilinadi. Xulosalar bo‘yicha keingi izlanishlar, islohotlarni oldindan reja qilinadi.Bundan tashqari anjuman diorasida Rossiyaning (farmoko-nadzor) farmatsevtika nazorat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasidagi farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalari va farmatsevtika sohasiga doir bo‘lgan mutasaddi tashkilotlari ishtirokchilari hamkorlikda aylana stol doirasida 40 dan ortiq ishtirokchilar bilan muhum masalalar yuzasidan kelishuv bo‘lib o‘tdi.

     

     

     

     

     

     

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova