Ta’lim sifatini nazorat qilish va yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda
Toshkent farmatsevtika instituti Farmatsiya fakulteti dekani v.v.b SH.S.Yo’ldasheva DVST, Farmatsevtik kimyo, FITQ kafedralari bilan bo’lib o’tgan kafedra majlislarida qatnashdi. Yig’lishda ta’lim sifatini nazorat qilish va yaxshilash borasida professor-o‘qituvchilar bilan suhbat olib bordi. Unda professor-o’qituvchilarning o‘quv-me’yoriy hujjatlarini yuritilishi, laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borishda mashg‘ulotlarni talabalar o‘zlari bajarishlari haqida, mashg‘ulotlarda axborot kommunikatsion vositalari hamda tarqatma materiallardan unumli foydalanish kerakligiga alohida urg‘u berib o‘tdi. Shuningdek jurnal va qaydnomalarni to‘ldirilishi haqida, qoldirilgan dars soatlarini qayta topshirish qonun-qoidalari, ularni qayd etib borish haqida ma’lumotlar berdi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova