Dori vositasitalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi tomonidan “Nobel farmsanoat” zavodida talabalar uchun laboratoriya mashg’uloti tashkillashtirildi.
2019-yil 23-oktabr kuni Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasining kata o’qituvchisi G.R.Zokirova rahbarligida farmatsiya fakulteti farmatsiya yo‘nalishi 411 A guruh talabalari uchun “Instrumental tahlil usullari” fanidan “Infraqizil spektroskopiya usulida dori vositasining tahlilini amalga oshirish” mavzusidagi laboratoriya mashg’ulotini o’zlashtirish maqsadida Nobel farm sanoat zavodiga tashrif tashkil qilindi. Mashg’ulot davomida dastavval talabalarga mamlakatimizdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning faoliyati, ularga yaratilgan imkoniyatlar va keldajakdagi istiqbollari haqida keng ma’lumotlar berildi. So’ngra talabalar korxonaning laboratoriyasi va unda dori vositalarining tahlili uchun ishlatiladigan asbob uskunalar bilan yaqindan tanishdilar. Mashg’ulot so’ngida Infraqizil spektroskopda fluoksetin dori vositasining tahlilini amalga oshirdilar. Bu laboratoriya mashg’uloti talabalarda juda katta qiziqish uyg’otdi.
Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti