Institut talaba qizlarining “Yoshlar festivali”da ishtiroki

21.10.2019, 16:13 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2085

Jamiyat  taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o‘sib kelayotgan  yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o‘rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomil­lashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi, muayyan natijalarga erishildi. Shunday bo‘lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha keng ko‘lamli bo‘lib, o‘z dolzarbligini saqlab qola­veradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishining 2019-yil 12-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan oliy ta’lim tizimida beshta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan “Yoshlar festivali”da Toshkent farmatsevtika institute qizlarining ishtiroki ta’minlandi. Festival doirasida institut qoshida tashkil etilgan “Karvin” san’ati to’garagi a’zolari ishtirok etdilar. Unga ko‘ra poliz ekinlaridan turli san’at asarlarini yaratib barchani e’tiborini jalb etdilar.

    

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova