Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasining talabalar turar joyiga tashrifi

21.10.2019, 11:36 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1958

19 – oktabr kuni Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi xodimlari talabalar turar joyiga tashrif buyirdilar. Xonalar ko’zdan kechirildi, sanitar-gigiyenik holati o’rganildi. Talabalarga Respublika Oliy ta’lim vazirligi tomonidan barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ishlab chiqilgan ” Odob axloq qoidalari ” bilan talabalarni tanishtirish, talabalarning darslarga o‘z vaqtida borishi, kundalik o‘zlashtirishni yaxshilash va darslarni qoldirmaslik TTJ va  institut  ichki tartib intizomiga bo‘ysunish, talabalar haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirish asosida tushuntirish ishlari ham olib borildi.

     

     

DVSSM kafedrasi