Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi dotsenti I.M.Iminovani erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz

21.10.2019, 10:47 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1845

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida sportni rivojlantirishga va yosh sportchilarni Xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish, jismoniy salohiyati yuqori, ruhiy tetik sportchilarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Shuni hisobga olgan holda,  hozirgi kunda “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash” maqsadida institutimiz ma’naviyat-ma’rifat bo’limi, xotin- qizlar qo’mitasi tomonidan Oliy ta’lim muassasalarida o’tkazilayotgan sport bilan nafaqat talabalar balki professor-o’qituvchilar ham shug’ullanib kelmoqdalar.  Shu munosabat bilan 17-oktabr kuni voleybol bo’yicha Toshkent shahar bosqichida Oliy ta’lim professor-o’qituvchilari o’rtasida 14 ta jamoa orasidan I.M.Iminova 3- o’rinni egalladilar.

     

Qolaversa stol tennis bo’yicha o’tkazilgan musobaqada ham faxrli 2-o’rinni egalladilar. Kafedramizning bilimli, jonkuyar pedagogi har ishda faol,  yoshlarga ibrat bo’lsa arziydigan inson.

     

Kafedramiz faxri bo’lmish Iminova Inoyat Meliyevnaga sog’liq, omad va ulkan zafarlar tilab qolamiz.

DVSSM kafedrasi