Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi

17.10.2019, 16:28 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1882

Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish jarayonida nazariya va amaliyot birligi tamoyilining dolzarbligi hamda har bir oliy ta’lim muassasasining bitiruvchilari zamon bilan hamnafas raqobatbardosh mutaxassislar bo’lishi hozirgi kun talabidir. Shu bois sanoat farmatsiyasi fakulteti dekanati, DVST kafedrasi xodimilari va bir guruh bitiruvchi 4-kurs talabalari bilan birgalikda Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sirdaryo unversial oyna” MChJ va “Temur Med Farm” MChJ ishlab chiqarish korxonalariga tashrif qilindi. Tashrif chog‘ida talabalar dori vositalari qadoqlanadigan shisha idishlar hamda in’eksion dori shakllarini ishlab chiqarish jarayonlariga bevosita guvoh bo’ldilar.  bilan ga mo‘ljallangan farmasevtika korxonasi bilan yaqindan tanishdilar. Korxona rahbari talabalarga Germaniya davlati investorlari bilan hamkorlikda “Sirdaryo unversial oyna” MChJ va “Temur Med Farm” MChJ ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini kengaytirish va ishlab chiqarilayotgan dori vositalari sonini ko‘paytirish masalalari haqida ma’lumotlar berdi. Hozirgi kunda ushbu korxonalar tomonidan jahon standarti talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Tashrif barcha talabalarda katta taassurot qoldirdi. Bundan tashqari respublikamizdagi farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik doirasida sanoat farmatsiyasi fakultetida har haftaning seshanba kunini “Ishlab chiqarish bilan integratsiya kuni” deb e’lon qilindi.

    

    

     

     

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova