Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Samarqand shahrida ko‘chma sayyor sikl tashkil etildi
Har qanday soha mutaxassisi zamon talablariga har taraflama javob berishi, o‘z yo‘nalishida kasbiy salohiyatga ega bo‘lishi bilan birga, jamiyatda yuz berayotgan barcha jarayonlardan boxabar bo‘lishi, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy islohatlar mazmun – mohiyatini chuqur anglashi lozim. Buning uchun mutaxassis doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi, faol bo‘lishi, axborot olamidan uzilib qolmasligi zarur. Malaka oshirish kursida o‘qiyotgan farmatsevt mutaxassislar ong-tafakkurida milliy g‘oya va O‘zbekistoni rivojlantirish strategiyasi xaqida yetarli tasavvurlar hosil qilish, ularda mamlakatda yuz berayotgan jarayonlarga daxldorlik hissini kuchaytirish “Milliy g‘oya. O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” o‘quv modulining asosiy maqsadi hisoblanadi. Shu maqsadda Samarqand shahri zaminida joylashgan tarixiy obidalar hamda birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasi ziyorat qilindi.