“Ustozni ulug’lagan yurt”
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o’rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 816-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo’llab-quvatlash, jamiyatdagi o’rnini yanada oshirish hamda “keksalar haftaligi” ni yuqori saviyada tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 18-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida qator ishlarni amlga oshirish belgilandi. Shu o‘rinda oliy ta’lim muassasalarida “Nuroniylar yoshlar nigohida” mavzusida uchrashuvlar, ko’rik tanlovlar va rasmlar ko’rgazmalarini tashkil etish, oliy ta’lim muassasalarida keksa avlod vakillarining teatr va muzeylarga tashriflarini imtiyozli asosda tashkil etish belgilandi. Shu munosabat bilan mazkur qaror hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 7-oktabrdagi 87-02-2576-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida 2019-yil 11-sentabr kuni soat 12:00 da DVST kafedrasi faxriysi Oyposhsha Tadjieva bilan talabalar o’rtasida “Keksalarni e’zozlash, azaliy odatlarimizdan biridir”, “Ustozni ulug’lagan yurt” mavzularida uchrashuv tashkil etildi. Suhbat jarayonida quyidagi masalalarga to’xtalib o’tdi: qadriyatlar juda sermazmun va ko’p qirrali tushuncha. Qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o’zidir, chunki hayotdan mahrum bo’lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo’qqa chiqaradi… qolgan qadriyatlar, aslini olganda, hayot ne’matlarining mohiyatidir” deya yana ko’plab hayotiy tajribasidan kelib chiqgan holda talabalarga maslahatlarni berib o’tdi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova