Toshkent farmatsevtika instituti Fizika, matematika va axborot texnologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tamonidan institutning katta faollar zalida “Metrologiya, standartizatsiya va mahsulot sifati menejmenti” yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun “Metrologiya, standartizatsiya va mahsulot sifati menejmenti” yo‘nalishi muamolari va yechimlari mavzusida tadbir o‘tkazildi.

10.10.2019, 16:54 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2601

Tadbirda Uzstandart Agentligi Bosh direktori  Sattarov Dilshod Nematovich, Uzstandart Agentligi qoshidagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktori o‘rinbosari Djalilov Ma’rufjon Botirovich, O‘zbekiston milliy  metrologiya instituti qoshidagi qalibrlash va o‘lchash xizmatlari markazining boshlig‘i Yunusov Marat Ravilevichlar ishtirok etdilar.

Toshkent farmatsevtika instituti O‘quv va tarbiyaviy ishlari prorektori Z.A.Yuldashev

Olib borgan tadbirda O‘zbekiston milliy  metrologiya instituti qoshidagi qalibrlash va o‘lchash xizmatlari markazining bosh mutaxassisi Nosirov Javoxirjon Sobirjon o‘gli, O‘zbekiston milliy  metrologiya instituti qoshidagi radiotexnik kattaliklarni o‘lchashlar bo‘limining birinchi darajali mutaxassisi Asanov Radik Raufovich o‘zlarining qiziqarli va sermazmun, zamonaviy metrologiyaning asoslarini yoritib beruvchi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Uzstandart Agentligi Bosh direktori  D.N.Sattarov tomonidan hozirgi vaqtda metrologiyaning ahamiyati va tayyorlanayotgan mutaxassislarni yetuk bo‘lib chiqishi uchun Uzstandart Agentligi bilan Toshkent farmatsevtika instituti Fizika, matematika va axborot texnologiya kafedrasining o‘zaro integratsiyasini ya’nada kuchaytirishni taklif qildi.

Bu borada “Metrologiya, standartizatsiya va mahsulot sifati menejmenti” yo‘nalishi bitiruvchi talabalarini chet elda malaka oshirishida Uzstandart Agentligi yordam berishini taklif qildi.