Metrologiya standartlash va mahsulot sifat menejmenti yo‘nalishi talabalari O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtlar assosatsiyasiga azolikka qabul qilindi.

10.10.2019, 15:35 Institut yangiliklari, Yangiliklar 5781

Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashviqoti natijasida 1-bosqich Metrologiya standartlash va mahsulot sifat menejmenti yo‘nalishi oqimi talabalariga Farmatsevtlar assosatsiyasi haqida malumot berildi va azolik haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Bu jarayonda Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi mudiri F.S.Jalilov, kafedra katta o‘qituvchisi G.R.Zokirova hamda Metrologiya standartlash va mahsulot sifat menejmenti yo‘nalishi 101-A, B guruh murabbiyi U.G‘.Mustafaevlar faol ishtirok etishdi.

     

Kafedra mudiri: F.S.Jalilov