Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi va I.M.Sechenov nomidagi MDMU farmatsevtik va toksikologik ximiya kafedrasi xodimlarining o’zaro kafedrada tashkillashtirilgan master-klass darslari

2019-yil 7-9 oktyabrda “Instrumental tahlil usullari” fanidan “Dori vositalarini tahlil qilishning fotoelektrokolorimetrik usullari” mavzusida, Rossiya sog’liqni saqlash vazirligi I.M. Sechenov nomidagi MDMU, A.P. Arzamastsev nomidagi farmatsevtik va toksikologik kimyo kafedrasi dotsenti Valeriy Valerevich Smirnov tomonidan ma’ruza va amaliyot darslari o’tkazildi. Seminarda farmatsiya fakultetining 5-kurs talabalari faol ishtirok etdilar. V.V. Smirnov so’nggi sanoat yangiliklarini taqdim etdi.