O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining  Telegram kanali joriy etildi

09.10.2019, 15:42 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1796

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi  Oliy sudining  Telegram ijtimoiy tarmog‘ida  @oliysuduz rasmiy axborot kanali tashkil etildi. Kanalda odil sudlovni amalga oshirishda sudlar faoliyati, sud-huquq sohasi bo‘yicha qonunchilikdagi yangiliklar, sud amaliyoti, sayyor qabullar, ochiq sud majlislari tafsilotlari va sud hujjatlaridan namunalar muntazam ravishda yoritib boriladi. Sizga ham @oliysuduz kanaliga ulanishingizni taklif etamiz.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova