«DVST» kafedrasida «Farmatsevtik texnologiya» fanidan o‘tkazilgan ko‘chma sikl S.Q. Islombekov nomidagi “O‘zkimyofarm” aksiyadorlik jamiyatida olib borildi

05.10.2019, 15:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-maydagi “O’zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada islox qilish chora-tadbirlari to’g’risida- PQ-2956-son qarori, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot soxalari va tarmoqlarning ishtirokini yanada kengaytirish chora–tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent Farmatsevtika instituti, Sanoat farmatsiyasi fakultet, sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 3-bosqich 308 V guruh  talabalari bilan “DVST” kafedrasining dotsenti A.M. Usubbaev va “O‘zkimyofarm” AJ texnologi Sh.F. Norboev bilan birgalikda “Farmatsevtik texnologiya” fanidan laboratoriya darslari ko‘chma siklda S.Q. Islombekov nomidagi “O‘zkimyofarm” aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish bazasida o‘tkazildi.