Toksikologik kimyo kafedrasida soha mutaxassislari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv hisoboti
Toshkent farmatsevtika instituti talabalarini kasbga yunaltirish maqsadida 10.09.2019-yil 1000da O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi qoshidagi X.Sulaymonova nomli Respublika Sud ekspertiza markazi bosh eksperti farm.f.n. N.SH.Xalilova toksikologik kimyo kafedrasi mudiri dots. Usmanalieva Z.U. ning Farmatsiya yo‘nalishi 4-bosqich 2-oqim talabalariga bo‘lgan ma’ruzasiga taklif etildi. Uchrashuv Toshkent farmatsevtika instituti 1-bino 158-ma’ruza xonasida bo‘lib o‘tdi.
Bosh ekspert farm.f.n. N.SH.Xalilova so‘zga chiqib mutaxassislik fani to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlarni keltirib, fanning dolzarbligi hamda talabalarni kasbga to‘g‘ri yo‘naltirish uchun zarur bo‘lgan maslahatlarni berdilar. Xamda hozirgi kundagi dolzarb muammoli vaziyatlar haqida talabalarga ma’lumotlar keltirdilar. So‘ng toksikologik kimyo kafedrasi mudiri dots. Usmanalieva Z.U. o‘z ma’ruzasini boshladi. Ma’ruza mavzusi “Metil, etil, amil spirtlari va etilenglikol, ularning toksikologik ahamiyati.Kimyoviy tahlil usullari.Spirtlarni gaz suyuqlik xromatografik usulda sifat va miqdoriy tahlili” bo‘lib, ma’ruza so‘ngida talabalar fikri bilan o‘rtoqlashildi va tegishli hulosalar chiqarildi.
Toksikologik kimyo kafedrasi