Ilmiy tekshirish instituti katta ilmiy xodimi tomonidan maxorat darsi o‘tkazildi.
2019-yil 10-sentabr sanasida Biotexnologiya kafedrasida O‘zRFA Mikrobiologiya ilmiy tekshirish instituti katta ilmiy xodimi, b.f.n. Xalilov Ilxom Mamatqulovich “Mutaxassislikka kirish”, “Farmatsevtik biotexnologiya” fanlaridan “Farmatsevtik biotexnologiya sohasi, tarixi, ob’yektlari va terminologik tizimi, Biotexnologiya faniga xissa qo‘shgan chet el va O‘zbekiston olimlari” mavzusida maxorat darsi o‘tkazildi. Maxorat darsida biotexnologiya yo‘nalishi 1- va 3-bosqich talabalari o‘z savollari bilan faol qatnashdilar. Xalilov I.M. biotexnologiya soxasining hozirgi kundagi yangiliklari bilan tanishtirdi.