Toksikologik kimyo kafedrasida bo`lib o`tgan ochiq ma`ruza hisoboti
10.09.2019-yil soat 10.00 da 158-xonada (1-bino) 4-bosqich 403a, 403b, 404a, 404 – guruh (2o-qim) talabalariga “Sud toksikologiyasi” fanidan Toksikologik kimyo kafedrasi dotsenti Z.O`.Usmanaliyevaning “Metil, etil, amil spirtlari va etilenglikol, ularning toksikologik ahamiyati.Kimyoviy tahlil usullari.Spirtlarni gaz suyuqlik xromatografik usulda sifat va miqdoriy tahlili” mavzusi bo`yicha ochiq ma`ruzasi bo`lib o`tdi.
Ma`ruza o`z vaqtida boshlanib, zamonaviy pedogogik va axborot tehnologiyalari asosida bo`lib o`tdi. Talabalar e`tiborini jalb etish va talabalar bilimini jonlantirish maqsadida tarqatma materiallardan foydalanildi. Ma`ruzada rejaga asosan ko`riladigan savollar hamkorlikda o`qitish, munozara tehnologiyalari usulida olib borildi. Ochiq ma`ruzaga tashqi ekspert O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi qoshidagi X.Sulaymonova nomli Respublika Sud ekspertiza markazi bosh eksperti farm.f.n. N.SH.Xalilova tashrif buyurdi. Ma`ruza munozarali tarzda davom etdi.
Toksikologik kimyo kafedrasi