Toksikologik kimyo kafedrasida soha mutaxassislari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv hisoboti
Toshkent farmatsevtika instituti talabalarini kasbga yunaltirish maqsadida 5.09.2019 yil yetakchi mutaxassici prof.Toshpo‘latov A.Yu. toksikologik kimyo kafedrasi mudiri dos. Usmanalieva Z.U. ning Farmatsiya yo‘nalishi 4kurs 2oqim talabalariga bo‘lgan ma’ruzasiga taklif etildi.Uchrashuv Toshkent farmatsevtika instituti 4 binosida bo‘lib o‘tdi.Prof. Toshpo‘latov A.Yu. so‘zga chiqib mutaxassislik fani to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlarni keltirib, fanning dolzarbligi hamda talabalarni kasbga to‘g‘ri yo‘naltirish uchun zarur bo‘lgan maslahatlarni berdilar.So‘ng toksikologik kimyo kafedrasi mudiri dos. Usmanalieva Z.U. o‘z ma’ruzasini boshladi.Maruza mavzusi “Uchuvchi zaharlarni suv bug‘i yordamida biologik ob’ektdan ajratib olishning nazariy asoslari. Zaharlarni suv bug‘i yordamida haydab ajratib olish.Sianid kislotasi” bo‘lib, ma’ruza so‘ngida talabalar fikri bilan o‘rtoqlashildi va tegishli hulosalar chiqarildi.
TOKSIKOLOGIK KIMYO KAFEDRASI