O’zbekiston farmatsevt studentlar   assotsiatsiyasi Xalqaro farmatsevt studentlar federatsiyasiga a’zo bo‘ldi

04.09.2019, 15:22 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2130

O’zbekiston farmatsevt studentlar   assotsiatsiyasi Xalqaro farmatsevt

studentlar federatsiyasiga a’zo bo‘ldi

IPSF (International Pharmaceutical Students’ Association) – Xalqaro farmatsevtika talabalari federatsiyasi nufuzli xalqaro tashkilot bo’lib, 90 dan ortiq davlatlarning farmatsevtika talabalarini birlashtiradi. www.ipsf.org.

Tashkilotning loyihalari aholi sog’ligini saqlash, farmatsevtikada o’qitish tizimi va kasbiy rivojlanish sohalariga qaratilgan.

2019 yil 2 avgust kuni Ruanda, Kigalida bo’lib o’tgan Federatsiyaning Bosh Assambleyasida O’zbekiston Farmatsevt Talabalar Assotsiatsiyasi (UzPSA) ham onlayn tarzda ishtirok etdi hamda yopiq ovoz berish natijalariga ko’ra bir ovozdan Federatsiya a’zosi deb e’lon qilindi.

“UzPSA” Toshkent farmatsevtika Instituti talabalari tomonidan tashkil qilingan. Uning vazifalari:

– talabalar bilimini oshrish uchun turli treyning, seminar, vebinarlar o’tkazish;

– farmatsevtika sohasidagi so’ngi yangiliklar bilan bo’lishish;

– chet davlatlarda tashkillashtirilayotgan sohaga ta’luqli loyihalar, grantlar va ilmiy konferensiyalar haqida ma’lumot berish;

– talabalar almashinuvi loyihasi (SEP- Student Exchange Program) bo’yicha assotsiatsiya a’zolarini chet davlatlarga yuborish hamda chet davlat talabarini qabul qilishdan iboratdir.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova