Magistratura  bosqichiga  kirish imtihoni  bo‘lib  o‘tdi

06.08.2019, 15:40 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2427

2019-yilning 6-avgust kuni soat 8.30 dan 11.00 ga  qadar Toshkent farmatsevtika institutining magistratura bosqichiga mutaxassislik fanidan kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi. 8-avgust kuni  chet tilidan imtihon  bo‘lib o‘tadi.  Magistratura  bosqichiga jami 123 nafar abiturientdan hujjat qabul qilindi. Taqdim etilgan kvota bo‘yicha 65 nafar abiturient magistratura bosqichiga o’qishga qabul qilinadi. Ulardan 49 nafari to‘lov  kontrakti asosida, 16 nafari grand asosida o‘qishga qabul qilinadi.  Shuni ma’lum qilamizki, magistratura bosqichiga 1 nafar Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi, 1 nafar I.Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorlari hujjat topshirib davlat  grandi asosida o‘qishga qabul qilindilar. Shuningdek 4 nafar  abituriyentda IELTS sertifikati bo‘lib, 5.5 dan yuqori ball to‘plagan abiturientlar  8 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonidan ozod etildilar.

Imtihon jarayoni shaffof tarzda bo‘lib o‘tishi maqsadida jamoat tashkilotlaridan Toshkent shahar Mirobod tumani prokuraturasidan, Toshkent  shahar  Mirobod tumani hokimiyatidan, Toshkent shahar Mirobod tumani deputatlar kengashidan va Sog’liqni saqlash  vazirligidan vakillar taklif etildi. Mazkur imtihon jarayonini ommaga keng yoritish maqsadida O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” 24” va “Yoshlar” telekanalllari  muhbirlari  taklif etildi.

     

     

     

     

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova