Institut hududida joylashgan futbol maydoni o’rniga talabalar uchun dam olish maskani barpo etilmoqda
Toshkent farmatsevtika instituti hududida joylashgan mini futbol maydoni o’rniga manzarali o’simliklar va gullar ekilib, kichik hiyobon tashkil qilish jarayoni davom etmoqda. Ayni damda hiyobon yerini tekislash ishlari hamda loyiha boyicha qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu kabi amaliy ishlardan asosiy maqsad farmatsevtika kadrlarini har tomonlama bilimli, zamonaviy fikrlaydigan va yurtimiz rivojiga munosib hissa qo’shadigan, fidoiy yoshlarni tarbiyalashdir. Bu masala Toshkent farmatsevtika instituti jamoasining eng asosiy vazifalardan biriga aylanib ulgurgan.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova