“Pazandalik sirlari” shiori ostida “Chaqqon qizlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

20.07.2019, 11:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2642

“Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”ning 5-yo‘nalishi: Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutish ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chimyon amaliyot bazasida talaba-qizlar o‘rtasida “Pazandalik sirlari” shiori ostida “Chaqqon qizlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlov shartlariga ko‘ra 1-shartda chuchvara qilish, 2-shart-sabzi to‘rg‘ash va 3-shart karvin san’ati asosida qovunni qirqish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Tanlovda farmatsiya fakulteti 3-kurs talaba-qizlarining “Mohir qo‘llar” va “Chaqqon qizlar” jamoalari ishtirok etdi. Tanlovda barcha talaba-qizlar faol ishtirok etdi va har bir shartni o‘zgacha bir mahorat va chaqqonlikda amalga oshirishdi. Jamoani baholash uchun institut dotsentlari M.A.Xodjayeva, I.Iminova hamda oshpaz R.Xojiyevlar jalb etildi. Tanlov talaba-qizlarda katta taassurot qoldirdi va tanlovning mutloq g‘olibi sifatida “Mohir qo‘llar” jamoasi qo‘lga kiritdi. Tanlov yakunida Farmakognoziya kafedrasi dotsenti M.A.Xodjaeva estalik sovg‘alari taqdim etdi.

     

     

     

    

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i

Nigora ASHUROVA