Sank-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti bilan ochilgan qo’shma fakultetga kirish imtihoni bo’lib o’tmoqda
Avval xabar berganimizdek ayni damda Toshkent farmatsevtika instituti hamda Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti bilan tashkil etilgan qo’shma fakultetga kirish imtihoni boshlandi. Kirish Imtihonlari test ko’rinishida bo’lib, kimyo, biologiya, rus tili va adabiyoti fanlari bo’yicha amalga oshirilmoqda. Imtihon jarayoni ikki hamkor oliy ta’lim muassasalari rektorlari – I.A.Narkevich va I.I.Alimdjanov nazorati ostida bo’lib o’tmoqda.
Hurmatli abiturientlar! Sizlarga kirish imtihonlaridan muvafaqiyatli o’tib olishingizni tilaymiz.
Imtihon jarayoni bilan bog’liq yangilaklarni saytimiz orqali kuzatib boring.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova