Qabul jarayoniga oid ma’lumotlar bilan tanishing
2019 yil 15 iyundan boshlab Respublikadagi barcha OTMlarda abiturientlardan xujjatlar qabul qilish jarayoni boshlangan bo‘lib, mazkur sanadan bugun 2019 yil 24 iyunga qadar Toshkent farmatsevtika institutiga 61 nafar abiturientlar xujjat topshirdilar. Institutitmizda Call-markazlari faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan Call-markazlariga murojaat qilmoqdalar.
Bugungi kungacha bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 29 ta murojaat; Magistratura yo‘nalishida 32 ta; Qo‘shma fakultetga 40 nafar fuqarolarning murojaatlari amalga oshirildi. Fuqaro murojaatlariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berilmoqda.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova